Qutilarni Grid bilan joylashtiring
CSS Grid ikki o'lchovli katak tizimi: qatorlar va ustunlar. Har darajada qutilarni to'g'ri katakka qo'yish uchun konteynerga display: grid va boshqa xossalarni yozasiz. Yozganingiz darrov jonli ko'rinadi.
Har bir Grid xossasini qutilar misolida jonli ko'ring: katak tizimi qanday quriladi va nima o'zgaradi. Keyin «Amaliyot» ga o'ting.
Katak tizimi shu yerdan boshlanadi
Konteynerga display: grid bersangiz, u katak tizimiga aylanadi va qutilar (grid-elementlar) qator va ustunlarga joylashadi. Flexbox bir o'qli, Grid esa ikki o'lchovli (qator + ustun).
.maydon { display: grid; }
Ustunlarni belgilash
grid-template-columns nechta ustun va ular qanday kenglikda bo'lishini belgilaydi. 1fr = bo'sh joyning bir ulushi. repeat(3, 1fr) = uchta teng ustun. Aralashtirsa ham bo'ladi: 100px 1fr.
grid-template-columns: 1fr 1fr; grid-template-columns: repeat(3, 1fr);
Qatorlarni belgilash
grid-template-rows qatorlarning balandligini belgilaydi. Belgilamasangiz, qatorlar avtomatik (kontent bo'yicha) hosil bo'ladi. 1fr 1fr ikki qatorni butun balandlikka teng bo'ladi.
grid-template-rows: 1fr 1fr; grid-template-rows: 80px 120px;
Kataklar orasidagi bo'shliq
gap kataklar orasiga teng bo'shliq qo'yadi. Alohida boshqarmoqchi bo'lsangiz: column-gap (ustunlar orasi) va row-gap (qatorlar orasi).
gap: 16px; column-gap: 24px; row-gap: 8px;
Katak ichida gorizontal joylash
justify-items har bir qutini o'z katagi ichida gorizontal (chap-o'ng) bo'ylab joylaydi: start, center, end. Standart qiymati stretch.
justify-items: center; justify-items: end;
Katak ichida vertikal joylash
align-items qutilarni katak ichida vertikal (yuqori-past) bo'ylab joylaydi: start, center, end. Ikkalasini birga: place-items: center = ham gorizontal, ham vertikal markaz.
align-items: center; place-items: center;
Butun katak tizimini joylash
Agar kataklar konteynerdan kichik bo'lsa, justify-content butun tizimni gorizontal joylaydi, align-content esa vertikal. Bu justify-items dan farq qiladi: u alohida qutini emas, butun to'plamni suradi.
justify-content: center; align-content: space-between;
Bir necha katakni egallash
grid-column quti xossasi: u nechta ustunni egallashini belgilaydi. span 2 = ikki ustun kengligida. Qatorlar uchun grid-row: span 2. Chiziq raqamlari bilan ham bo'ladi: grid-column: 1 / 3.
.quti1 { grid-column: span 2; }
Aynan kerakli katakka
Grid chiziqlari (liniyalari) 1 dan boshlab raqamlanadi. Qutini aynan bir katakka qo'yish uchun grid-column va grid-row ni birga bering. grid-column: 3 va grid-row: 2 = 3-ustun, 2-qator.
.quti1 { grid-column: 3; grid-row: 2; }
Kataklarga nom berib layout
grid-template-areas kataklarga nom berib, butun sahifa qolipini ko'z bilan chizadi. Har element grid-area: nom oladi, konteyner esa qatorlarni matn kabi yozadi. Header, sidebar, footer shunday quriladi.
grid-template-areas: "hd hd" "sd mn" "ft ft";
Tayyormisiz? 🎯
Endi bilimni sinab ko'ring: 20 darajali amaliyotda kod yozib qutilarni kataklariga qo'yasiz.
Ajoyib!
Qutilar katagiga tushdi.