Bugun ko'plab onlayn xizmatlar — dasturlar, obunalar, o'yinlar yoki xorijiy saytlardagi xaridlar — to'lov uchun aynan VISA karta talab qiladi. Ko'pchilik shu yerda to'xtab qoladi: "Menda faqat uzcard yoki humo bor, bankka borib alohida karta ochishim kerakmi?" Yaxshi xabar — yo'q, bankka borishingiz shart emas. Hammasini telefoningizdan hal qilsa bo'ladi.
Nega aynan VISA karta kerak?
Onlayn to'lov qilayotganingizda tizim sizdan CVV/CVC deb nomlangan 3 xonali kodni so'raydi. Aynan shu kod xalqaro to'lovlarni amalga oshirish uchun zarur va u faqat VISA (yoki Mastercard) kabi xalqaro kartalarda bo'ladi. Uzcard va humo — bu milliy kartalar, ularda CVV kod yo'q, shuning uchun ular bilan xorijiy saytlarda to'lov qila olmaysiz.
Octo Mobile orqali virtual VISA karta ochish
Bankka borib jismoniy karta ochtirishning hojati yo'q. Octo Mobile ilovasi orqali bir necha daqiqada virtual VISA karta ochishingiz mumkin. Bu — to'liq raqamli karta bo'lib, onlayn to'lovlar uchun jismoniy kartadan qolishmaydi.
Tartib quyidagicha:
- Octo Mobile ilovasini telefoningizga o'rnating va ro'yxatdan o'ting
- Ilova ichida virtual VISA karta oching
- Hisobingizda mablag' 2$ ga yetganidan keyin CVV/CVC kodni ko'rish imkoniyati ochiladi
Uzcard/humo kartangizni ulashni unutmang
Ilovani o'rnatganingizdan so'ng, albatta o'zingizning uzcard yoki humo kartangizni ulang. Chunki virtual VISA kartaga pulni aynan shu kartalaringiz orqali konvertatsiya qilasiz. Ulanmagan bo'lsa, VISA kartani to'ldira olmaysiz.
Xulosa
Demak, xorijiy xizmatlarni sotib olish uchun bankka navbat kutib o'tirishingiz shart emas. Octo Mobile orqali virtual VISA karta ochib, uzcard/humo'dan kerakli summani o'tkazasiz, CVV kodni olasiz va onlayn to'lovni bemalol amalga oshirasiz. Faqat bir narsani yodda tuting — kartaga ortiqcha emas, kerakli miqdorda pul tashlang.