Qazo ibodat hisoblagich

O'tkazib yuborilgan namoz va ro'zalarni hisoblang. Har bir hisoblagichda PDF yuklab olish, kunlik jadval va reja kalkulyatori — barchasi brauzeringizda, ro'yxatdan o'tmasdan.

Xizmatdan qanday foydalanish kerak?

Qazo hisoblagich — bu 3 ta alohida kalkulyatorni o'zida birlashtirgan vosita. Avval kerakli xizmatni tanlang, so'ngra oddiy formani to'ldirib hisoblashni boshlang. Hech qanday ro'yxatdan o'tish yoki ma'lumot kiritish talab qilinmaydi — barchasi sizning brauzeringizda ishlaydi.

1

Hisoblagichni tanlang

Yuqoridagi 3 ta kartadan birini bosing: Qazo namoz, Qazo ro'za yoki Uzrli ayollar uchun maxsus hisoblagich.

2

Ma'lumotlarni kiriting

Ism familiya va kerakli sanalarni (Kun/Oy/Yil) to'ldiring. Ayollar uchun qo'shimcha — hayz va nifos kunlari soni.

3

Natijani oling

"Hisoblash" tugmasini bosing. Natija darhol ko'rinadi: jami soni, statistika, oylik jadval va reja kalkulyatori bilan.

Har bir xizmat nima qiladi?

PDF yuklab olish qanday ishlaydi?

Hisoblashdan keyin har sahifaning oxirida "PDF yuklab olish" tugmasi paydo bo'ladi. Tugmani bosing — PDF fayl avtomatik ravishda kompyuteringizga yuklanadi. Faylda:

Reja kalkulyatori nima uchun kerak?

Har bir hisoblagich ichida "Reja" nomli alohida bo'lim bor. U sizdan kuniga (yoki haftada) necha ta qazo ado etishingizni so'raydi va qachon tugatishingizni avtomatik hisoblab beradi.

Misol uchun: 22 000 ta qazo namozingiz bo'lsa va kuniga 6 ta o'qisangiz — taxminan 10 yilda tugaydi. Sonni o'zgartirib har xil variantni sinab ko'rishingiz mumkin.

Ma'lumotlarim qayerga saqlanadi?

Hech qayerga. Bu xizmat 100% sizning brauzeringizda ishlaydi — hech qanday ma'lumot bizning serverimizga yuborilmaydi va saqlanmaydi. Sahifani yangilasangiz yoki yopib qayta ochsangiz, kiritgan ma'lumotlaringiz tozalanadi. PDF ham brauzerda generatsiya qilinadi va to'g'ridan-to'g'ri kompyuteringizga tushadi.

Mobil telefonda ishlatish mumkinmi?

Ha. Xizmat to'liq responsiv — telefon, planshet va kompyuterda bir xil ishlaydi. PDF yuklash ham mobil brauzerda ishlaydi. Faqat e'tibor bering: katta hisoblar (masalan, 10+ yillik qazo) PDF generatsiya 2-5 soniya vaqt olishi mumkin.

Tez-tez so'raladigan savollar

Xizmat bepulmi?

Ha, to'liq bepul. Hech qanday to'lov, obuna yoki yashirin xarajat yo'q. Har qancha marta xohlasangiz foydalanishingiz mumkin. Reklamani ham mumkin qadar kamaytirgan holda saqlaymiz.

Ro'yxatdan o'tish kerakmi?

Yo'q. Email, telefon raqami yoki boshqa hech qanday ma'lumot kerak emas. Sahifani oching va darhol foydalaning.

Kiritgan ma'lumotlarim sahifa yangilanishidan keyin ham saqlanib qoladimi?

Yo'q. Sahifani yangilasangiz yoki yopib qayta ochsangiz — hamma ma'lumotlar tozalanadi. Bu qasddan qilingan: shaxsiy ma'lumotingiz brauzerda ham saqlanmasligi uchun. Agar natijani saqlamoqchi bo'lsangiz — PDF yuklab oling.

Natija qanchalik aniq?

Hisoblash matematik aniq — sanalar orasidagi kunlar Gregorian taqvim asosida hisoblanadi. Lekin baribir bu taxminiy natija, chunki haqiqiy balog'at sanasini aniq bilish qiyin. Ehtiyot uchun balog'at sanasini bir oz erta belgilashni tavsiya qilamiz.

Xato bo'lsa kim bilan bog'lanish mumkin?

Sayt boshida "Aloqa" bo'limi orqali biz bilan bog'laning. Har qanday taklif, takomilashtirish g'oyasi yoki xato haqida xabar berishingiz mumkin.

PDF chiqarmadi yoki katta hajmda — nima qilish kerak?

Agar qazo miqdoringiz juda katta bo'lsa (masalan, 50 000+) PDF generatsiya bir necha soniya vaqt olishi va katta hajm chiqishi mumkin. Sabr qiling — tugma "PDF tayyorlanmoqda..." deb yozgan paytda jarayon ishlamoqda. Ishlamasligi davom etsa, brauzerni yangilang va qaytadan urinib ko'ring.

Telefon bilan ham ishlatish mumkinmi?

Ha. Xizmat to'liq mobil rejimga moslashgan: Kun/Oy/Yil inputlari qulay, jadvallar scrollable, tugmalar katta. PDF mobil brauzerda ham yuklanadi va galereya yoki "Yuklamalar" papkasiga tushadi.

Necha xil natija ko'rsatiladi?

Har hisoblagichning 3 ta bo'limi bor:

  • Umumiy / Statistika — jami son va aksiyalar
  • Oylik jadval / Ro'za Aylanalar — vizual kuzatuv
  • Reja — qachon tugatish bo'yicha kalkulyator
3 ta xizmatdan birini bittada ishlatsa bo'ladimi?

Ha. Uzrli ayollar hisoblagichi aslida 3 ta xizmatni o'zida birlashtiradi: qazo namoz + qazo ro'za + hayz/nifos chegirilishini. Ayollar uchun shu bittasini ishlatish kifoya.