Cookie siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 31-iyul

Bu sahifada saytda qanday cookie ishlatilishini va ularni o'zingiz qanday boshqara olishingizni yozib qo'ydim. Qisqacha: sayt sizni nazorat qilib yurmaydi, cookie'lar asosan sozlamalaringizni eslab qolish va oddiy statistika uchun.

1. Cookie o'zi nima

Cookie, bu sayt sizning qurilmangizda (kompyuter, telefon yoki planshet) brauzer orqali saqlaydigan kichik matn fayli. U saytga sizni eslab qolishga, tanlagan sozlamalaringizni keyingi safar ham qo'llashga yordam beradi.

Cookie parolingiz yoki bank kartangizni o'g'irlamaydi va virus tarqatmaydi, bu shunchaki oddiy yozuv.

2. Qanday cookie'lar ishlatiladi

Saytda ikki xil narsa bor: saytni ishlatib turadigan zaruriy sozlamalar va anonim statistika uchun analitik cookie'lar.

2.1. Zaruriy cookie'lar (har doim faol)

Sayt to'g'ri ishlashi uchun zarur. Ularsiz ba'zi xizmatlar ishlamaydi.

Texnik jihatdan bular cookie emas, balki localStorage orqali saqlanadi, lekin foydalanuvchi nuqtai nazaridan o'xshash ishlaydi.

2.2. Analitik cookie'lar (Google Analytics)

Sayt qanday ishlatilayotganini tushunish uchun. Bu cookie'lar foydalanuvchi sonini, qaysi sahifalar mashhurligini va sayt tezligini o'lchaydi.

IP manzilingiz anonimlashtirilgan (oxirgi 3 raqami kesilgan). Batafsil: Google Privacy Policy.

3. Tashqi xizmatlar cookie'lari

Ba'zi tashqi xizmatlar o'z cookie'larini qo'yishi mumkin: sayt statistikasi uchun Google Analytics, hamda video ko'rsangiz, thumbnail vositasi orqali YouTube.

4. Cookie'larni qanday boshqarish

Hammasini o'z qo'lingizda tutishning bir nechta yo'li bor.

4.1. Brauzer sozlamalari

Cookie'larni umuman qabul qilmaslik yoki o'chirib tashlash uchun brauzeringiz sozlamalariga kiring:

Faqat shuni yodda tuting: hammani o'chirsangiz, ba'zi narsalar unutiladi, masalan tanlagan temangiz saqlanmay qoladi.

4.2. Analytics'dan voz kechish

Statistikaga umuman qo'shilmaslik uchun Google'ning rasmiy kengaytmasi bor: Google Analytics Opt-out.

4.3. Yashirin (Incognito) rejim

Brauzerni «Incognito» rejimda ochsangiz, oynani yopishingiz bilan o'sha sessiyadagi cookie'larning bari o'chib ketadi.

5. Cookie roziligi

Yevropa Ittifoqi (EU) yoki Buyuk Britaniya (UK) hududidan kirsangiz, GDPR talabiga ko'ra alohida cookie banneri chiqadi va analitik cookie'lardan voz kechishingiz mumkin. O'zbekiston va boshqa joylardan tashrif buyursangiz, saytdan foydalanishning o'zi cookie'larga rozilik deb qabul qilinadi.

6. localStorage haqida

Cookie'dan tashqari, sayt ba'zi narsalarni brauzeringizning localStorage'ida saqlaydi. Bu cookie emas, lekin vazifasi o'xshash. Masalan:

Bularni o'chirish uchun: brauzer sozlamalari → «Saytlar ma'lumotini tozalash» → osonstudio.uz'ni tanlang.

7. O'zgartirishlar

Cookie siyosatini vaqti-vaqti bilan yangilab turaman. Oxirgi yangilangan sana yuqorida turibdi.

8. Aloqa

Cookie bo'yicha savollaringiz bo'lsa, email osonstudiosupport@gmail.com yoki Telegram @eldoroga.

Shu bilan birga Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlarini ham ko'rib chiqib qo'ying.