Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 31-iyul

Bu sahifada saytdan foydalanganingizda qaysi ma'lumot to'planishini, u nima uchun kerakligini va uni qanday boshqara olishingizni imkon qadar sodda qilib yozdim. Uzun huquqiy iboralardan qoching desangiz, mohiyati bitta: sizning fayllaringiz va shaxsiy narsalaringiz sizda qoladi.

1. Qanday ma'lumot to'planadi

1.1. Brauzeringizda qayta ishlanadigan narsalar

Saytdagi vositalarning ko'pchiligi to'g'ridan-to'g'ri sizning brauzeringizda ishlaydi. Quyidagilar serverga umuman yuborilmaydi:

1.2. Brauzeringizda saqlanadigan sozlamalar (localStorage)

Ishni qulayroq qilish uchun ba'zi narsalar faqat sizning qurilmangizda saqlanadi, menga yuborilmaydi:

Bularni istagan paytda brauzer sozlamalari → «Saytlar ma'lumotini tozalash» orqali o'chirib tashlashingiz mumkin.

1.3. Avtomatik yig'iladigan anonim statistika

Har qanday saytdagi kabi, tashrif paytida Google Analytics va server jurnallari orqali quyidagi anonim ma'lumot yig'iladi:

Bu raqamlar shaxsingizni aniqlash uchun emas, qaysi vosita ko'proq kerakligini va sayt qayerdan sekinlashayotganini tushunish uchun kerak.

2. Tashqi xizmatlar

Sayt foydalanish statistikasi uchun Google Analytics 4dan foydalanadi. U menga qaysi xizmatlar ko'proq kerakligini, foydalanuvchilar qayerdan kelishini va sayt qanchalik tez ishlashini ko'rsatadi. IP manzillar anonimlashtiriladi. Batafsil: Google Privacy Policy.

Budan tashqari, faqat ma'lum vositalarni ochganingizda quyidagi xizmatlar ishga tushadi:

3. Cookie va shunga o'xshash narsalar

Cookie'larni batafsil ajratib, alohida Cookie siyosati sahifasida yozganman. Qisqacha aytganda, ikki xili bor: saytni ishlatib turadigan zaruriy sozlamalar (tema, til) va Google Analytics'ning anonim analitik cookie'lari.

4. Nimalarni o'zingiz boshqara olasiz

5. Bolalar

Sayt 13 yoshga to'lmagan bolalardan ataylab ma'lumot to'plamaydi. Agar farzandingiz saytdan foydalangan bo'lsa va nimadir to'plangan deb o'ylasangiz, menga yozing, tekshirib, o'chiramiz.

6. Xavfsizlik

Sayt HTTPS (SSL) orqali ishlaydi, ya'ni brauzeringiz bilan sayt o'rtasidagi aloqa shifrlangan. Shunga qaramay, internetda ma'lumot uzatishni hech kim yuz foizga kafolatlay olmaydi, buni ochig'ini aytgan ma'qul.

7. O'zgarishlar

Bu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. Jiddiy o'zgarish bo'lsa, sayt orqali bildiraman. Oxirgi yangilangan sana yuqorida turibdi.

8. Aloqa

Maxfiylik bo'yicha savollar uchun Aloqa sahifasiga o'ting yoki to'g'ridan-to'g'ri yozing: osonstudiosupport@gmail.com.