Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 31-iyul
Bu sahifada saytdan foydalanganingizda qaysi ma'lumot to'planishini, u nima uchun kerakligini va uni qanday boshqara olishingizni imkon qadar sodda qilib yozdim. Uzun huquqiy iboralardan qoching desangiz, mohiyati bitta: sizning fayllaringiz va shaxsiy narsalaringiz sizda qoladi.
1. Qanday ma'lumot to'planadi
1.1. Brauzeringizda qayta ishlanadigan narsalar
Saytdagi vositalarning ko'pchiligi to'g'ridan-to'g'ri sizning brauzeringizda ishlaydi. Quyidagilar serverga umuman yuborilmaydi:
- PDF, rasm, video, audio fayllaringiz
- Hisoblagichlar va formalarga kiritilgan raqamlar va matnlar
- Yaratilgan parollar
- To-do ro'yxatingiz va pul boshqaruvi yozuvlari
1.2. Brauzeringizda saqlanadigan sozlamalar (localStorage)
Ishni qulayroq qilish uchun ba'zi narsalar faqat sizning qurilmangizda saqlanadi, menga yuborilmaydi:
- Tanlangan ko'rinish rejimi (yorug' yoki qorong'i tema)
- Tanlangan til (lotin yoki kirill)
- To-do ro'yxati va pul boshqaruvi yozuvlari
- AI vositasi uchun kiritgan API kaliti, agar foydalansangiz
- Vaqtinchalik pochta manzili, agar foydalansangiz
Bularni istagan paytda brauzer sozlamalari → «Saytlar ma'lumotini tozalash» orqali o'chirib tashlashingiz mumkin.
1.3. Avtomatik yig'iladigan anonim statistika
Har qanday saytdagi kabi, tashrif paytida Google Analytics va server jurnallari orqali quyidagi anonim ma'lumot yig'iladi:
- IP manzil (anonimlashtirilgan, oxirgi uch raqami kesilgan)
- Brauzer turi va versiyasi
- Qurilma turi (telefon yoki kompyuter)
- Qaysi sahifalarga kirdingiz va qancha vaqt turdingiz
- Saytga qaysi manbadan keldingiz (Google, ijtimoiy tarmoq va hokazo)
- Hudud, faqat mamlakat darajasida
Bu raqamlar shaxsingizni aniqlash uchun emas, qaysi vosita ko'proq kerakligini va sayt qayerdan sekinlashayotganini tushunish uchun kerak.
2. Tashqi xizmatlar
Sayt foydalanish statistikasi uchun Google Analytics 4dan foydalanadi. U menga qaysi xizmatlar ko'proq kerakligini, foydalanuvchilar qayerdan kelishini va sayt qanchalik tez ishlashini ko'rsatadi. IP manzillar anonimlashtiriladi. Batafsil: Google Privacy Policy.
Budan tashqari, faqat ma'lum vositalarni ochganingizda quyidagi xizmatlar ishga tushadi:
- Google Gemini API, AI rasm sifati vositasida. Undan foydalansangiz, rasmingiz va API kalitingiz Google'ga boradi. Kalit esa faqat sizning brauzeringizda turadi.
- mail.tm, vaqtinchalik pochta vositasida. Xatlar shu bepul xizmat orqali kechadi.
- i.ytimg.com, thumbnail vositasi YouTube'ning rasm CDN'idan tasvir oladi.
- cdn.jsdelivr.net, unpkg.com, ba'zi JavaScript kutubxonalarini yuklash uchun.
3. Cookie va shunga o'xshash narsalar
Cookie'larni batafsil ajratib, alohida Cookie siyosati sahifasida yozganman. Qisqacha aytganda, ikki xili bor: saytni ishlatib turadigan zaruriy sozlamalar (tema, til) va Google Analytics'ning anonim analitik cookie'lari.
4. Nimalarni o'zingiz boshqara olasiz
- Cookie, brauzer sozlamalari orqali o'chirish yoki cheklash mumkin.
- localStorage, saytda saqlangan hammani brauzer → «saytlar ma'lumotini tozalash» orqali tozalash mumkin.
- Analytics'dan voz kechish, Google'ning rasmiy Opt-out kengaytmasi orqali.
- So'rov, men to'plagan biror ma'lumot haqida bilmoqchi bo'lsangiz, shunchaki yozing, aytaman.
5. Bolalar
Sayt 13 yoshga to'lmagan bolalardan ataylab ma'lumot to'plamaydi. Agar farzandingiz saytdan foydalangan bo'lsa va nimadir to'plangan deb o'ylasangiz, menga yozing, tekshirib, o'chiramiz.
6. Xavfsizlik
Sayt HTTPS (SSL) orqali ishlaydi, ya'ni brauzeringiz bilan sayt o'rtasidagi aloqa shifrlangan. Shunga qaramay, internetda ma'lumot uzatishni hech kim yuz foizga kafolatlay olmaydi, buni ochig'ini aytgan ma'qul.
7. O'zgarishlar
Bu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. Jiddiy o'zgarish bo'lsa, sayt orqali bildiraman. Oxirgi yangilangan sana yuqorida turibdi.
8. Aloqa
Maxfiylik bo'yicha savollar uchun Aloqa sahifasiga o'ting yoki to'g'ridan-to'g'ri yozing: osonstudiosupport@gmail.com.