Cookie siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 31-iyul
Bu sahifada saytda qanday cookie ishlatilishini va ularni o'zingiz qanday boshqara olishingizni yozib qo'ydim. Qisqacha: sayt sizni nazorat qilib yurmaydi, cookie'lar asosan sozlamalaringizni eslab qolish va oddiy statistika uchun.
1. Cookie o'zi nima
Cookie, bu sayt sizning qurilmangizda (kompyuter, telefon yoki planshet) brauzer orqali saqlaydigan kichik matn fayli. U saytga sizni eslab qolishga, tanlagan sozlamalaringizni keyingi safar ham qo'llashga yordam beradi.
Cookie parolingiz yoki bank kartangizni o'g'irlamaydi va virus tarqatmaydi, bu shunchaki oddiy yozuv.
2. Qanday cookie'lar ishlatiladi
Saytda ikki xil narsa bor: saytni ishlatib turadigan zaruriy sozlamalar va anonim statistika uchun analitik cookie'lar.
2.1. Zaruriy cookie'lar (har doim faol)
Sayt to'g'ri ishlashi uchun zarur. Ularsiz ba'zi xizmatlar ishlamaydi.
| Cookie nomi | Maqsad | Muddat |
|---|---|---|
oson_theme | Tanlangan tema (yorug'/qorong'i) | Doimiy |
oson_lang | Tanlangan til (lotin/kirill) | Doimiy |
Texnik jihatdan bular cookie emas, balki localStorage orqali saqlanadi, lekin foydalanuvchi nuqtai nazaridan o'xshash ishlaydi.
2.2. Analitik cookie'lar (Google Analytics)
Sayt qanday ishlatilayotganini tushunish uchun. Bu cookie'lar foydalanuvchi sonini, qaysi sahifalar mashhurligini va sayt tezligini o'lchaydi.
| Cookie nomi | Maqsad | Muddat |
|---|---|---|
_ga | Foydalanuvchini ajratish (anonim) | 2 yil |
_ga_* | Sessiya holati | 2 yil |
_gid | Foydalanuvchini ajratish (24 soat) | 24 soat |
IP manzilingiz anonimlashtirilgan (oxirgi 3 raqami kesilgan). Batafsil: Google Privacy Policy.
3. Tashqi xizmatlar cookie'lari
Ba'zi tashqi xizmatlar o'z cookie'larini qo'yishi mumkin: sayt statistikasi uchun Google Analytics, hamda video ko'rsangiz, thumbnail vositasi orqali YouTube.
4. Cookie'larni qanday boshqarish
Hammasini o'z qo'lingizda tutishning bir nechta yo'li bor.
4.1. Brauzer sozlamalari
Cookie'larni umuman qabul qilmaslik yoki o'chirib tashlash uchun brauzeringiz sozlamalariga kiring:
Faqat shuni yodda tuting: hammani o'chirsangiz, ba'zi narsalar unutiladi, masalan tanlagan temangiz saqlanmay qoladi.
4.2. Analytics'dan voz kechish
Statistikaga umuman qo'shilmaslik uchun Google'ning rasmiy kengaytmasi bor: Google Analytics Opt-out.
4.3. Yashirin (Incognito) rejim
Brauzerni «Incognito» rejimda ochsangiz, oynani yopishingiz bilan o'sha sessiyadagi cookie'larning bari o'chib ketadi.
5. Cookie roziligi
Yevropa Ittifoqi (EU) yoki Buyuk Britaniya (UK) hududidan kirsangiz, GDPR talabiga ko'ra alohida cookie banneri chiqadi va analitik cookie'lardan voz kechishingiz mumkin. O'zbekiston va boshqa joylardan tashrif buyursangiz, saytdan foydalanishning o'zi cookie'larga rozilik deb qabul qilinadi.
6. localStorage haqida
Cookie'dan tashqari, sayt ba'zi narsalarni brauzeringizning localStorage'ida saqlaydi. Bu cookie emas, lekin vazifasi o'xshash. Masalan:
- To-do ro'yxatingiz
- Pul boshqaruvi yozuvlari
- AI vositasi uchun API kaliti
- Vaqtinchalik pochta manzili
Bularni o'chirish uchun: brauzer sozlamalari → «Saytlar ma'lumotini tozalash» → osonstudio.uz'ni tanlang.
7. O'zgartirishlar
Cookie siyosatini vaqti-vaqti bilan yangilab turaman. Oxirgi yangilangan sana yuqorida turibdi.
8. Aloqa
Cookie bo'yicha savollaringiz bo'lsa, email osonstudiosupport@gmail.com yoki Telegram @eldoroga.
Shu bilan birga Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlarini ham ko'rib chiqib qo'ying.